Prezident sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq o‘zgartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Jamiyat

image

Bugun, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev  sog‘liqni saqlash tizimini “butunlay qayta ko‘rib chiqish” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi selektor yig‘ilishida asosiy urg‘u koronavirus bilan qarshi kurash tadbirlariga emas, balki sohani to‘liq qayta isloh qilishga qaratiladi.

Eng ko‘p savollar birlamchi faoliyat turlariga qaratiladi. Manbaning ma’lum qilishicha, yig‘ilish davomida oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tizimini qayta ko‘rib chiqish, kadrlarni moliyalashtirish va tayyorlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Abduhakim Hojiboyev Sog‘liqni saqlash vaziri, Amrillo Inoyatov uning birinchi o‘rinbosari, Anvar Alimov vazir o‘rinbosari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev 2016 yilda Prezident etib saylanganidan keyin, uning ilk masalasi Sog‘liqni saqlash tizimi va huquq tartibot organlari faoliyatini isloh qilish bo‘lgan edi. 2017 yil boshida ikki martta Sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari bilan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, juda qattiq tanqid qilib, katta masalalarni o‘rtaga tashlagan edi. U ishlarni hal etish uchun esa muddatlar ham belgilangandi.  Bunda qishloq vrachlik punktlarini qayta ko‘rib chiqish, hududlarda tibbiyot punktlarini tashkil etish, chekka hududlarni tibbiyot muassasalari va xodimlari bilan ta’minlash, qolaversa, dori vositalarining narxini pasaytirish va bir necha turdagi dori vositalarining narxini ma’lum chegarada ushlash masalalari ko‘rilgan edi. Oradan 3 yil vaqt o‘tdi bu orada O‘zbekistonga boshqa mamlakatlar qatrori koronavirus kirib keldi. Ammo tizimda qanchalik o‘zgarish bo‘lgan bo‘lmaganini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Tizim deyarli o‘zgargani yo‘q. O‘zgarmadi, o‘zgartira olishmadi. Bunda, albatta, SSVning bugungacha bo‘lgan sobiq rahbariyatining katta xatolari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing