Prezident saylovi ertaroq o‘tkazilishi mumkin
Jamiyat
−
25 yanvar 2021
25494Xabaringiz bor, joriy yil oxirlarida O‘zbekistonda yirik siyosiy voqea – Prezident saylovi kutilmoqda. Mamlakatda Prezident saylovi dekabr oyida o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Biroq, galdagi saylov oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Prezident saylovlari oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida muhokama qilingan.
Amalda dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasi etib belgilangan.
LiveBarchasi