Qachon Rossiya vaksinasi bilan dunyo aholisini emlash mumkin bo‘ladi?

Olam

image

2021 yil mart-aprel oylarida dunyo davlatlari aholisini Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasi bilan emlash mumkin bo‘ladi. Bu haqda N.F.Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Denis Logunov ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS

Logunovning ta’kidlashicha, yangi yilgacha 1 milliondan kamroq doza ishlab chiqariladi. U Hukumat qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkaziladi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xavf guruhlarini aniqlaydi. So‘ng emlash amalga oshiriladi. 

Emlangan ko‘ngillilarda antitanalar 42 kundan keyin rivojlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 11 avgust kuni koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ammo preparat sinovi hali yakunlanmagan. Hozirdi vaksinaning uchinchi bosqich sinovlari boshlangan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning N.F Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi olimlari bir vaqtning o‘zida inson organizmida grippga va koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni yaratishmoqchi.

Tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburgning ta’kidlashicha, bunday vaksinani ishlab chiqarishdan oldin klinik sinovlar o‘tkaziladi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya vaktsina koronavirus

Baholaganlar

419

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing