Rossiya Özbekistonga qarşi öyin uçun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi
Sport
−
16:00 419 2 daqiqa
Rossiya terma jamoasi boş murabbiyi Valeriy Karpin boşçiligidagi murabbiylar ştabi joriy yilning noyabr Özbekistonga qarşi örtoqlik uçraşuvda iştirok etadigan futbolçilarning kengaytirilgan röyxatini e’lon qildi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi xabar berdi.
Rossiya terma jamoasi noyabr oyida ikkita örtoqlik uçraşuvida iştirok etadi. Ularning birinçisi joriy yilning 12 noyabr kuni Toşkentda Özbekiston terma jamoasiga qarşi bölib ötadi. Keyinçalik jamoa joriy yilning 17 noyabr kuni Krasnodarda Venesuela bilan kuç sinaşadi.
Rossiya terma jamoasining uşbu yiğin uçun kengaytirilgan röyxatiga 36 nafar futbolçi kiritilgan.
Darvozabonlar: Denis Adamov (“Zenit”), Stanislav Agkatsev (“Krasnodar”), Aleksandr Maksimenko (“Spartak”), Anton Mitryuşkin (“Lokomotiv”), Matvey Safonov (PSJ), Maksim Borisko (SSKA).
Himoyaçilar: Kirill Danilov, Danil Krugovoy (ikkalasi ham SSKA), Igor Dmitriyev, Ruslan Litvinov (ikkalasi ham “Spartak”), Andrey Langoviç, Viktor Melyoxin (ikkalasi ham “Rostov”), Yevgeniy Morozov, Aleksandr Silyanov (ikkalasi ham “Lokomotiv”), Mingiyan Beveyev (“Krasnodar”), Turpal-Ali Ibişev (“Axmat”), Maksim Osipenko (“Dinamo”).
Yarim himoyaçilar: Kirill Glebov, Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov (barçasi SSKA), Danil Prutsev, Nail Umyarov (ikkalasi ham “Spartak”), Daniil Glebov (“Dinamo”), Artyom Karpukac (“Zenit”), Aleksey Mironov (“Rostov”), Arsen Zaxaryan (“Real Sosedad”).
Hujumçilar: Yaroslav Gladişev, Konstantin Tyukavin (ikkalasi ham “Dinamo”), Nikolay Komliçenko, Sergey Pinyayev (ikkalasi ham “Lokomotiv”), Aleksandr Sobolev (“Zenit”), Leçi Sadulayev (“Axmat”), Aleksandr Golovin (“Monako”), Aleksey Mirançuk (“Atlanta Yunayted”).
Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida noyabr oyida bölib ötadigan xalqaro tanaffus çoğida Rossiyadan taşqari joriy yilning 17 noyabr kuni Doha şahrida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvlarini ötkazadi. Özbekiston milliy terma jamoasi uşbu yiğin uçun qaydnomani hali e’lon qilgani yöq.
Live
Barchasi26 Oktyabr