AQŞ va Rossiya örtasidagi kelişuvdan kimlar manfaatdor?
Olam
−
17:01 440 4 daqiqa
Rossiya va AQŞ örtasida amalga oşirilayotgan dizel yonilğisi savdosi hamda kutilayotgan öğitlar böyiça kelişuvlar Yevropa iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir körsatişi mumkin. Bu haqda RIA Novosti özining tahliliy maqolasida ma’lum qildi.
Naşrning yozişiça, Moskva va Vaşingtonning Yevropa Ittifoqiga yordam beriş uçun alohida sabablari bölmasa-da, uşbu kelişuvlar jahon bozorida yoqilği va öğitlar narxining barqarorlaşişiga xizmat qilişi ehtimoldan xoli emas.
Rossiya uçun Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy qiyinçiliklarning kuçayişi Kiyevni qöllab-quvvatlaş uçun mablağ topişni qiyinlaştiradi. AQŞ esa Yevropa bilan munosabatlarda öz şartlarini ötkazişga intiladi. Şu nuqtai nazardan, Rossiya va AQŞ örtasidagi kelişuvlardan Yevropa qanday manfaat körişi mumkinligi masalasi dolzarb bölib qolmoqda.
Dizel bozoridagi vaziyat
Rossiya yozdan buyon dizel yoqilğisi eksportini vaqtinça töxtatgani jahon bozoridagi taklifning qariyb 10 foizga kamayişiga olib kelgan. Bu holat Hormuz böğozining yopilişi bilan boğliq muammolar fonida yonilği ta’minotidagi vaziyatni yanada oğirlaştirgan.
Yevropa Rossiyadan taşqari manbalardan dizel yonilğisi xarid qiluvçi asosiy bozorlardan biri bölgani sababli uşbu özgarişlardan köproq zarar körgan. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi Rossiya xomaşyosidan işlab çiqarilgan, ammo Rossiya mahsuloti sifatida tasniflanmaydigan yonilğini import qiliş imkoniyatini ham çeklagan.
Tahlilga köra, Rossiya dizelining AQŞ orqali jahon bozoriga qaytişi yoqilği narxlarining pasayişiga yordam berişi mumkin. Kelişuv haqidagi xabarlar tarqalganidan ondanoq narxlarda pasayiş kuzatilgani aytilgan. Rossiya dizelining AQŞga yetkazib beriş hajmi esa oyiga bir million tonnagaça yetişi kutilmoqda.
Rossiya öğitlari va Yevropa bozori
Rossiyaning jahon öğitlar bozoridagi uluşi qariyb 20 foizni taşkil etgani sababli Yevropa Ittifoqi ularning importiga töliq taqiq joriy etmagan. Biroq Bryussel bojlarni oşiriş orqali Rossiya mahsulotlarining Yevropa bozoridagi raqobatbardoşligini pasaytirişga harakat qilmoqda. Buning oqibatida Rossiya öğitlarining joriy yildagi savdosi uçdan bir qismga kamaygani ta’kidlangan.
AQŞ esa Rossiya öğitlarini heç qanday çeklovlarsiz xarid qilişda davom etmoqda. Ma’lumotlarga köra, joriy yilning dastlabki beş oyida Rossiyadan AQŞga yetkazib berilgan mahsulotlarning puldagi qiymati qariyb uçdan bir qismga oşgan.
Tahlilda qayd etilişiça, agar Rossiya öğitlari AQŞ bozoridagi raqobatçilarni siqib çiqarsa, ular Yevropa Ittifoqiga qöşimça mahsulot yetkazib berişi mumkin. Şuningdek, AQŞning özi ham Yevropaga öğitlar eksportini oşirişi ehtimoldan xoli emas.
Bu holat Yevropa bozorida tanlovni kengaytirib, narxlarning keskin kötarilişini çeklaşi mumkin. Garçi öğitlar arzonlaşişi kafolatlanmagan bölsa-da, narxlar ösişini sekinlaştirişning özi ham iqtisodiy qiyinçiliklarga duç kelayotgan fermerlar uçun yengillik bölişi mumkin.
Yevropalik fermerlarni qanday muammolar kutmoqda?
Öğitlar narxining yuqoriligi va iqtisodiy qiyinçiliklar kelgusi yilgi ekin ekiş mavsumiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Tahlilda köplab fermerlar navbatdagi mavsumgaça faoliyatini davom ettira olmasligi, kelgusi yil hosili ham yuqori bölmasligi mumkinligi ta’kidlangan. Hatto, AQŞda ham narxlar inqirozi ekin ekiş işlari va oziq-ovqat xavfsizligi uçun xavf tuğdirgan. Yevropa esa bunday muammolardan yanada köproq zarar körişi mumkin.
AQŞ Rossiya öğitlarini Yevropaga qayta sotadimi?
Rossiya va AQŞ örtasidagi kelişuvlar Yevropa uçun ijobiy natijalar berişi mumkin bölsa-da, vaziyatning boşqaça tus oliş ehtimoli ham mavjud. Agar AQŞ Rossiyadan qöşimça öğitlar xarid qiliş örniga, avval Yevropa Ittifoqiga yetkazib berilgan mahsulotlarni öz bozoriga yönaltirsa, Yevropa bozorida taqçillik yuzaga kelişi mumkin. Bu esa narxlarning yanada oşişiga olib kelişi ehtimoldan xoli emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya hukumati benzin va dizel yoqilğisi narxini litriga 2,1 rublga oşirişni muhokama qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Jasmina Murtazoyeva
Live
Barchasi