Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 aprel kuni Termiz shahrida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi yangi vitse-prezidenti lavozimi joriy etildi.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farman, ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovni tayinlashni taklif qilgan. Kengash a’zolari tomonidan uning nomzodi bir ovozdan ma’qullangan.

Malumot o‘rnida, Abdujabbor Abduvohidov 2002−2011 yillarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori, 2011−2012 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, so‘ng Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi rektori bo‘lib faoliyat yuritgan. 2018 yildan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Abdurashidova Yulduz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

lavozim

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing