Qiziqchi Shukurullo Isroilov lavozimga tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda uning administratori QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Shukurullo Isroilov 1970 yilning 14 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Musiqa maktabining rubob sinfida o‘qigan, o‘sha davrlarda rubobchilik bo‘yicha tanlovlarda g‘olib ham bo‘lgan. U yoshligida otasidan ayrilgani sababli onasiga yordam berishga majbur bo‘lgan va buning ortidan Madaniyat institutini tamomlay olmagan. Ammo shundan keyin Toshkent davlat Sharqshunoslik universtitet hamda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini bitirgan. U san’atdagi faoliyatini 1982 yilda boshlagan. Ko‘p yillar davomida “Mirzo” qiziqchilar teatri bilan faoliyat yuritib, jamoaning taniqli vakillaridan biriga aylangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing