Prezident farmoni bilan Ortiqxo‘jayevga bo‘ysunadigan inspeksiya tashkil etiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi qoshida Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining farmoni loyihasida keltirib o‘tilgan. Inspeksiya yuridik va jismoniy shaxslarning yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari va ularga nisbatan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

Loyihaga asosan, inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagicha:

–  Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolarning Toshkent shahrining qonun hujjatlari va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha talablariga rioya etilishini ta’minlash;

–  Toshkent shahrining yer munosabatlari sohasida manfaatlarini himoya qilish;

–  O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasiga muvofiq yerni buzish hollarini oldini olish va to‘htatish;

–  Suv muhofazasi va qirg‘oqbo‘yi hududlarida yer uchastkalarini ajratishni nazorat qilish, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanish;

–  Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurishga yo‘l qo‘ymaslik hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida noqonuniy qurilishni to‘xtatish choralarini ko‘rish;

–  Yerdan noto‘g‘ri foydalanish faktlarini aniqlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda yerga bo‘lgan huquqlarni majburiy tarzda bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

–  Inspeksiya faoliyatining manfaatdor nazorat-tekshirish xizmatlari, prokuratura va ichki ishlar organlari bilan yer munosabatlari sohasidagi qonun ustuvorligi masalalari bo‘yicha o‘zaro xamkorligini tashkil etish.

 Inspeksiyaning asosiy funksiyalari:

–  Yer uchastkasidan foydalanish va ularni muhofaza qilish shartlarini belgilaydigan Toshkent shahar hokimligining huquqiy hujjatlari bilan o‘rnatilgan, yerlarni berish to‘g‘risidagi ma’muriy hujjatlar, yerdan foydalanishga ruxsat beruvchi tasdiqlangan loyihaviy va boshqa hujjatlarga asosan nazoratni amalga oshirish;

–  Yerdan foydalanish va muhofaza qilish borasida yerga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini tekshirish maqsadida tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, boshqa manfaatdor nazorat-taftish xizmatlari tekshiruvlarida ishtirok etish;

–  Toshkent shahar hokimiyatining yig‘ilish majlislariga yer sohasiga oid va vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan materiallarni kiritish;

–  Toshkent shahar hokimiyatiga yer munosabatlari sohasidagi qonunlarga rioya etilishi va yer qonun buzilish holatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida choraklik hisobotlarni taqdim etish;

–  Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilish yuzasidan belgilangan tartibda tayyorlanadigan hisobotlarni tuzib, vakolatli organlarga taqdim etish;

–  Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilishning ilg‘or usullarini o‘rganish, sintez qilish va amalga oshirish;

–  Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilish bo‘yicha qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni takomillashtirish hamda yer qonun buzilish holatlari bo‘yicha javobgarlikni belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

–  Toshkent shahar hokimiyatining vakolatli organlaridan qonun hujjatlari va huquqiy hujjatlarning loyihalari bo‘yicha Inspeksiyadan o‘rnatilgan tartibda hulosalar berish hamda tasdiqlash yoki tayyorlash;

–  Yer munosabatlari sohasidagi qonuniylikni ta’minlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

–  Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining boshqa sub’ektlari bilan hamkorlik qilish;

–  Toshkent shahrining aholisi o‘rtasida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha axborot-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot ishlarni olib borish;

–  Yer munosabatlari sohasidagi qonunchilikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan materiallarni tayyorlab, ommaviy axborot vositalarida nashr etish;


–  Yuridik va jismoniy shaxslarning yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari va ularga nisbatan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish;

–  Yer komissiyasini tashkiliy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

Inspeksiya faoliyati Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq tomonidan boshqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni Toshkent shahar Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

96

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing