Prezident elektrotexnika ishlab chiqarishda eng ortda qolgan hududlarni sanadi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish qolgan hududlarga nisbatan bir necha baravar past. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident tarmoqdagi o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Qayd etilishicha, jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorda ham 1 milliard 300 million dollarlik import bor.

Bundan tashqari, ichki va atrofdagi bozorlarda yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi. Masalan, elektromobil sanoati uchun zarur litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishga barcha xom-ashyo zahirasi mavjud.

Yig‘ilishda bu borada hududlarda barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Lekin, hudud rahbarlari bu imkoniyatlarni hisob-kitob qilib, foydalanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda qolgan hududlarga nisbatan 2-3 baravar past (200 milliard so‘mga yetmaydi).

Bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa oldi, xolos. Eksportning 80 foizi shu brendlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Eksportni 1,5 milliard dollarga olib chiqish uchun esa kamida 3-4 ta yangi brend yaratish zarurligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing