Şavkat Mirziyoyev Iordaniya podşohi bilan uçraşdi
Jamiyat
−
18:04 362 1 daqiqa
Bugun, 6 noyabr kuni Ostona şahrida bölib ötayotgan Aqaba jarayoni uçraşuvi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakat yetakçisi dunyoda yangi tahdidlar kuçayib borayotgan bugungi kunda Iordaniya podşohi taşabbusi bilan yölga qöyilgan uşbu platforma tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlagan.

Uçraşuvda ikki davlat örtasida köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari, şu jumladan, oliy darajada erişilgan kelişuvlarning borişi muhokama qilingan.
Sönggi yillarda özaro taşrif va muloqotlar jadal tus olgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. Havo qatnovlari yölga qöyilgan, Hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişi ötkazilib, Işbilarmonlar kengaşi ta’sis etilgan.
Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantiriş, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni jadallaştirişga kelişib olingan.
Özbekiston va Iordaniya yetakçilari bölajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlar rejasi hamda kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.
Live
Barchasi