Transmilliy tahdidlarning tabiati çuqur özgarib bormoqda – Şavkat Mirziyoyev

Jamiyat

−

image

Bugun, 6 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti iştirokçilariga murojaat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizlarni Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotining oçilişi bilan samimiy qutlayman.

Avvalo, Özbekistonning taşabbusini qöllab-quvvatlaganingiz va mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratayotgan e’tiboringiz uçun minnatdorlik bildiraman.

Bugungi tadbirda ŞHTga a’zo davlatlar, kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik mamlakatlarning maxsus xizmatlari rahbarlari va vakillari iştirok etayotgani zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda sa’y-harakatlarni birlaştiriş borasidagi umumiy manfaatdorlikdan dalolat beradi”, deyiladi murojaatda.

Prezidentning qayd etişiça, bu yil Şanxay hamkorlik taşkiloti taşkil etilganining 25 yilligini nişonlamoqda. Çorak asrlik şakllaniş va rivojlaniş jarayonida taşkilot xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş böyiça qöşma yondaşuvlarni işlab çiqişda samarali maydonga aylangan.

Özbekiston Şanxay hamkorlik taşkilotining hammuassisi bölgan davlat sifatida uning barqarorlikni saqlaş va inklyuziv taraqqiyotni ta’minlaş maqsadida a’zo davlatlarni birlaştiruvçi köptomonlama noyob platforma sifatidagi rolini yanada kuçaytiriş va faoliyatini kengaytirişga alohida ahamiyat beradi.

“Hozirgi kunda geosiyosiy keskinlikning kuçayişi, qarama-qarşiliklarning çuqurlaşişi va qurolli mojarolarning avj olişi, afsuski, dunyodagi vaziyatning asosiy xususiyatlari bölib qolmoqda.

Axborot xavfsizligini ta’minlaş, muhim infratuzilmalarni himoya qiliş va davlatning buzğunçi ta’sirlarning yangiça şakllariga nisbatan barqarorligi masalalari yanada dolzarb bölib bormoqda.

Bugun biz transmilliy tahdidlarning tabiati çuqur özgarib borayotganiga guvoh bölmoqdamiz”, deydi Özbekiston yetakçisi.

Şavkat Mirziyoyevning bildirişiça, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va global kommunikatsiya vositalarining şiddat bilan rivojlanişi nafaqat taraqqiyot uçun keng imkoniyatlar oçmoqda, balki mutlaqo yangi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda. Heç bir mubolağasiz aytiş mumkinki, kibermakon an’anaviy usullar bilan birga tarmoq orqali hujumlar uyuştirilayotgan, jamoatçilik ongini boşqariş va yolğon axborot tarqatiş kabi vositalar tobora faol qöllanayotgan asosiy töqnaşuvlar maydoniga aylangan.

“Terrorçi taşkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy taşviş uyğotadi. Internet platformalari radikal ğoyalarni tarğib qiliş, yangi tarafdorlarni öz tomoniga oğdiriş, moliyaviy mablağlar töplaş hamda davlat çegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlaşmalarni şakllantiriş vositasiga aylanib bormoqda.

Bunday şaroitda ayniqsa yoşlar aholining eng zaif toifasi bölib qolmoqda. Buzğunçi kuçlar yoşlar ongiga maqsadli ravişda ta’sir körsatib, ularni öz jamoalariga jalb etmoqda, ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanmoqda va toqatsizlik ğoyalarini tarqatmoqda”, deydi Prezident.

Şavkat Mirziyoyevning ma’lum qilişiça, bunday jarayonlar millatlararo va dinlararo totuvlikka putur yetkazişi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlaştirişga olib kelişi mumkin. Şu bois yuzaga kelayotgan mojarolarga nafaqat tezkor munosabat bildiriş, balki xavf-xatarlarning oldini oliş – ularni aniqlaş, özaro axborot almaşiş, xavfsizlikni ta’minlaş borasida milliy salohiyatni mustahkamlaş va özaro kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqiş lozim.

“Işonçimiz komil, heç bir davlat çegara bilmaydigan tahdidlarga yakka özi töliq qarşi tura olmaydi. Bu esa, tabiiy ravişda, xalqaro hamkorlik, özaro işonç va birgalikda iş olib borişning amaliy mexanizmlariga bölgan talabni kuçaytiradi.

Taşkilot uçun muhim ahamiyatga ega bölgan uşbu yilda sizlarga murojaat qilib, ta’kidlamoqçimanki, ŞHTning yangi tahdidlarga öz vaqtida javob beriş va yanada barqaror dunyoni şakllantirişda samarali iştirok etişga qodir bölişi köp jihatdan maxsus xizmatlarning yaqin hamkorlikda iş olib borişiga boğliq.

Bugungi muloqot sizlarga nafaqat dolzarb tahdid va xavf-xatarlarni har tomonlama muhokama qiliş, balki xalqlarimizning xavfsizligi va davlatlarimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlaşga qaratilgan hamkorlikning amaliy yönalişlarini belgilab oliş imkonini beradi, deb işonaman.

Forumning barça iştirokçilariga samarali faoliyat olib borişlari va Özbekistondagi uçraşuvlari mazmunli ötişini tilayman”, deydi Özbekiston Prezidenti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi eskpertlar muloqoti öz işini boşlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing