Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Zaynilobiddin Nizomiddinov hokimlikka tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 7 aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etgan va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zlagan.

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Begimqulovich Do‘stbekov yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilgan.

Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, bugunga qadar u O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Qayd etish kerak, Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018-2022 yillarda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimida ishlagan. U 2022 yilda salomatligi tufayli lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Shovot, Xonqa va Hazorasp tumanlariga yangi hokimlar tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zaynilobiddin Nizomiddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing