Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Xorazmning 3 tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatining Shovot, Xonqa va Hazorasp tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shovot tumani hokimi lavozimiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan nomzod – ilgari Xonqa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Murodbek Saparboyevich Davlatov tayinlangan.

Viloyat hokimi Xonqa tumaniga esa Ulug‘bek Jumaniyozovich Davlatov nomzodini tavsiya etgan. Deputatlar nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Ulug‘bek Davlatov Yangibozor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qolaversa, viloyatning Hazorasp tumaniga hokim etib, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan Tuproqqal’a tumanidagi “NEW BEST STYLE” MCHJ ta’sischisi Maqsudbek Hojiyevich Abdullayev tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumaniga Ravshanbek Berdialiyevich Begmatov hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Xonqa Shovot Hazorasp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing