Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangani rad etildi
Jamiyat
−
18:35 5448 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zA Bekobod tumani hokimi bo‘lgan Zaynilobiddin Nizomiddinov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani va Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi. Biroq Sirdaryo viloyati hokimligi xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, ushbu tayinlovni rad etdi.
“Bir qator rasmiy va norasmiy kanallarda 12 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri ishtirokida Sirdaryo viloyati hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgani hamda unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. 12 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Sirdaryo viloyatida hech qanday yig‘ilish o‘tkazilmagan”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, hukumatning rasmiy O‘zA
Telegram-kanalida tarqatilgan xabar o‘chirib yuborildi. Shuningdek, tasdiqlanmagan ma’lumot e’lon qilingani uchun o‘quvchilardan uzr so‘raldi.
Live
Barchasi