Zaynilobiddin Nizomiddinovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi Zaynilobiddin Nizomiddinovga yangi o‘rinbosar tayinlandi. 

Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo‘yicha Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Farhod Mahmudov endi Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlik qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Farhod Mahmudov 1973 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist. 2008 yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Zaynilobiddin Nizomiddinov Farhod Mahmudov

Baholaganlar

1086

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing