Zaynilobiddin Nizomiddinov yangi lavozimni egalladi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyul kuni Zaynilobiddin Nizomiddinov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati xarar berdi.

Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Nizomiddinov bir ovozdan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

Ma’lumot uchun, bugunga qadar Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati tuzilmasida raisning birinchi o‘rinbosari lavozimi mavjud bo‘lmagan.

Qayd etish kerak, bugun Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq salomatligidagi muammo tufayli Prezident Administratsiyasiga rahbari lavozimidan ozod etilgan edi.

U bu lavozimda 2018 yilning avgustidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Zaynilobiddin Nizomiddinov

Baholaganlar

1598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing