Prezident 4 viloyatga yangi bojxona boshliqlarini tayinladi
Jamiyat
−
19 noyabr 2020
15120Bugun, 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 4 viloyatga Bojxona boshqarmasi boshliqlari tayinlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bojxona xizmati podpolkovnigi Bahodir Abdullayevich Qutlimuratov Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Bahodir Qutlimuratov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.
Bojxona xizmati polkovnigi Doniyor Tavakkaljonovich Yusupov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Doniyor Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.
Bojxona xizmati polkovnigi Yoqub Hakimovich Mirzarahimov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Yoqub Mirzarahimov Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti boshlig‘ining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.
Bojxona xizmati polkovnigi Ilhombek Bazarbayevich Kazakov Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Ilhombek Kazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.
LiveBarchasi