Maxsus komissiyaning yana bir “ni tuda, ni syuda” qaroriga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil 1 noyabrda qaytarib olib chiqish muddati tugagan xorijiy avtotransport vositalarini O‘zbekiston hududidan qaytarib olib chiqish muddati 2021 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Bundan bir necha kun avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgunga qadar ish va boshqa masalalar yuzasidan xorij avtomobillarida O‘zbekistonga kelgan haydovchilar karantin cheklovlari sabab O‘zbekistondan chiqib keta olmayotgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek, mutaxassislarning o‘z vaqtida hujjatlarni puxta ishlab chiqib, Komissiya qaror qabul qilishi uchun choralar ko‘rmagani sabab bunday haydovchilar adolatsiz ravishda qo‘shimcha to‘lov qilishga majbur qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bojxona tartibi bo‘yicha O‘zbekiston hududida 3 oy muddatdan ko‘p qolib ketgan xorij avtomobillari uchun dvigatel hajmiga qarab taxminan 15-20 AQSH dollari atrofida to‘lov belgilangan. Karantin sababli Respublika maxsus komissiyasi qarorida horij avtomobillariga shu yilning 1 noyabr sanasigacha muddat berilib, O‘zbekistondan chiqib ketishi ko‘rsatilgan edi, biroq bu muddat cho‘zilmadi. Avtomobil haydovchisi o‘sha davlat fuqarosi bo‘lmasa, chiqib ketish uchun ruxsat yo‘q. 

“Bu holatda har bir horij avtomobiliga oyiga o‘rtacha 500 AQSH dollari atrofida qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak bo‘larkan.

Bilamiz, bizda horij avtomobillariga qo‘yilgan adolatsiz yuqori boj stavkalari sababli sifatli "inomarka" minmoqchi bo‘lgan ayrimlar horijdagi yaqinlari nomiga ham avtomobillar olishga majbur bo‘lishadi. 

Demak, Respublikasi maxsus komissiyasi chegaralar ochilguncha bunday avtomobillarning O‘zbekistonda bo‘lish muddatini uzaytirishi yoki chiqib ketish uchun maxsus korridor yaratib berishi kerak bo‘ladi”, deb yozgan edi Kusherboyev. 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat bojxona qo'mitasi

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing