Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i nafaqaga chiqdi

Jamiyat

image

Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov nafaqaga chiqishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Buni Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Davlat bojxona qo‘mitasining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Yoqub Mirzarahimov va Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Axtamxon Inyaminov ham nafaqaga chiqishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Tolibjon Saidov boshqarmaga 2020 yilning sentyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura organlarida ko‘p yillar davomida halol va fidokorona xizmat qilgan xodimlarni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

Qayd etish joiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kuchishlatar tizimlarda 300 dan ortiq nafaqa yoshidagilar rahbar lavozimida faoliyat olib borayotgani, bundan 135 nafari prokuratura organlariga to‘g‘ri kelishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat bojxona qo'mitasi Tolibjon Saidov Yoqub Mirzarahimov Axtamxon Inyaminov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing