$44,5 mingni O‘zbekistondan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

3-sahifa

−

image

O‘zbekistondan xorijga chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqarolardan bir nechta holatda belgilangan tartibda deklaratsiyalanmagan naqd xorijiy valyuta aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona postida yuz bergan. O‘zbekistondan Qirg‘izistonga chiqib ketayotgan VOLVO rusumli avtomashina haydovchisi chegara vakillari bilan hamkorlikda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida avtomashina saloni hamda haydovchining shaxsiy buyumlari ko‘zdan kechirilgan.

Natijada haydovchining qo‘l sumkasi va kiyimining ichki cho‘ntagiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda belgilangan tartibda deklaratsiyalanmagan 34 ming AQSH dollari aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ikkinchi holatda esa “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postida aniqlangan. “Buxoro — Vnukovo” aviareysi orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro bojxona xodimining og‘zaki so‘roviga javoban o‘zida belgilangan me’yordan ortiq naqd xorijiy valyuta yo‘qligini bildirgan.

Biroq bojxona xodimlari va aviatsiya xavfsizligi nazorati xodimlari hamkorligida qo‘l yuki tekshirilganda, fuqaroda belgilangan me’yordan ortiq 10 ming 500 AQSH dollari borligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan ham bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida fuqaro Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yashirgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing