Prezident 160 kishini davlat hisobidan Hajga yuborish bo‘yicha qarorni imzoladi

Olam

image

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 160 nafar turkmanistonliklarni davlat hisobidan Haj ziyoratiga yuborishga oid qarorni imzoladi. Mazkur hujjat joriy yilning 2 avgust kuni qabul qilingan bo‘lib, ziyoratchilar 5-25 avgust kunlari oralig‘ida Saudiya Arabistoniga yuborilishi qayd etilgan. 

160 nafar ziyoratchilar Prezident qaroriga ko‘ra, “Boing 737-800” maxsus reysida Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi. 

Turkmanistonda Haj ziyoratiga davlat hisobidan yuborish bilan bog‘liq an’ana 2000 yildan buyon davom etib kelmoqda. 2007 yilda iqtidorga kelgan Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu an’anani saqlab qolgan. 

OAVning qayd etishicha, 2018 yilda davlat hisobidan Haj ziyoratiga yuborilganlardan biri – 70 yoshli turkmanistonlik ziyoratchi Makka shahrida vafot etgan. 

Gurbanguli Berdimuhamedov rasman 15 iyuldan 15 avgustga qadar ta’tilda bo‘lishiga qaramay, vaqti-vaqti bilan ayrim hujjatlarni imzolamoqda. 

Prezident ta’til davrida ilk bor 24 iyul kuni televideniye orqali ko‘rinish berdi. 4 avgust kuni esa u ta’tilni qanday o‘tkazayotgani haqida ko‘rsatuv efirga uzatildi


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

51

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing