“Prava”sidan mahrum etilganlar yana mashina haydasa, qamalishi mumkin

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu 20 fevral kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun bilan belgilangan.

Qonunga ko‘ra, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

Rasman: mast holda mashina haydaganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi north_east

Rasman: mast holda mashina haydaganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

  • bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha (18,75 mln - 37 mln so‘m) miqdorda jarima yoki
  • ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
  • ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan 2612-moddasida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun bilan O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

transport yo'l harakati qoidalari prava amtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing