Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi

3-sahifa

−

image

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 12 oktyabr kuni soat 12:00 larda A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining Xo‘jaobod tumani “Bobur” MFY hududidan o‘tuvchi 361-kilometrida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2006 yilda tug‘ilgan Z.O. Labo rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, shu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan va harakatni davom ettirgan.

Shundan so‘ng, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida Labo haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Dastlabki o‘rganishlarda haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani, shuningdek, avtomashina tegishli hujjatlarsiz boshqarilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir katta tezlikda yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing