“Prava” olib berishni va’da qilib pora olgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga pora olayotgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida fuqaro M.M.ga o‘quv jarayoniga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi evaziga 600 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida esa “I.A.” mas’uliyati cheklangan jamiyati avtomaktabi amaliyotchi xodimi Sh.M. fuqaro S.T. dan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga olgan 300 AQSH dollarini qaytarib berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, Sh.M. tergovga qadar tekshiruv davomida  fuqarodan haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tgani to‘g‘risidagi hujjatni soxtalashtirib bergani uchun 3,4 mln so‘m olgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari  o‘tkazilmoqda.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora Prava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing