“Prava”ni yangisiga almashtirmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

1 aprelgacha haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirmagan haydovchilarga nisbatan hech qanday ma’muriy jazo qo‘llanilmaydi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Bugun, 31 mart kuni eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning so‘nggi kuni. 

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab 2010 yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchilik guvohnomasini almashtirishga murojaat qilganda yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmasdan keyinroq murojaat qilganda ma’muriy jazo qo‘llanilmaydi.  

Faqat avtotransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi, ya’ni muddati o‘tgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasi bilan "hujjatsiz boshqarish" sifatida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati davriyligiga qarab turlicha bo‘lib, eng so‘nggi muddat joriy yilning 31 dekabrigacha etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchilik guvohnomasi muddat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing