Eski “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati qachon ekanligi aytildi

Jamiyat

image

Eski “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati davriyligiga qarab 2023 yiling 31 dekabrigicha etib belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati davriyligiga qarab joriy yilning 31 dekabrigacha etib belgilangan.

Xususan:

  • 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
  • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan.

Ma’lumot uchun, yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Shu sababli haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing