“Prava”ni tiklab berish uchun 3 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
09:58 301 1 daqiqa
Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasini 3 ming AQSH dollari evaziga tiklab berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro sud qarori bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsga yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini qayta tiklab berishni va’da qilgan. U buning evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, buning evaziga 800 AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi