Andijonda “prava”ni imtihonsiz olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 3828 1 daqiqa
Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, buning evaziga 800 AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro 1972 yilda tug‘ilgan ayolning ishonchiga kirib, Asaka tumanidagi avtotest markazida ishlovchi tanishlari orqali uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan nazariy va amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tkazib, guvohnoma olib berishini va’da qilgan. Buning evaziga u 800 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi so‘ralgan puldan 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28-moddasi orqali 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy ravishda pul olganlikda gumon qilinayotgan maktab xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Live
Barchasi