$300 evaziga bolani maktabga joylamoqchi bo‘lgan xodim ushlandi (video)
3-sahifa
−
16 iyul 3210 1 daqiqa
Andijon viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy ravishda pul olganlikda gumon qilinayotgan maktab xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida kadrlar bo‘yicha menejer lavozimida ishlovchi shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tumanda yashovchi fuqaroning farzandini birinchi sinfga o‘qishga kiritib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga u fuqarodan 300 AQSH dollari talab qilgan va mazkur mablag‘ni olayotgan vaqtida ushlangan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan firibgarlik va pora bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib, pora olishda gumon qilingan tuman IIB tergovchisiga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust