Poytaxtdagi maktablarning yarmidan ko‘pi pandemiya vaqtida o‘qitishga tayyor emas

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi 50 foizdan ziyod maktablar o‘quvchilarni karantin sharoitida o‘qitishga tayyor emas. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar va tumanlar Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan poytaxtdagi umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorligi masalasi o‘rganilgan.

Xulosalarga ko‘ra, Toshkentdagi 318 ta maktabning 174 tasi karantin sharoitida o‘qitishga tayyor emas. Qolgan 144 tasining ko‘pchiligida ham ma’lum kamchiliklar bor.

Avvalroq, ertaga, 14 sentyabrdan respublika bo‘ylab 2635 ta maktabda o‘quv yili an’anaviy shaklda boshlanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing