Poytaxt Ekologiya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Akmal Rasulov Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Tayinlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi. 

Akmal Rasulov bunga qadar Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Rasulov mazkur lavozimga 2021 yilning noyabrida tayinlangan Farhod Dehqonovning o‘rnini egalladi. Dehqonov 2022 yilning 9 sentyabr kuni poytaxtda daraxtlar nobud bo‘lishiga sharoit yaratib berganlik va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, davlat yoki jamiyatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishda ayblanib, hibsga olingandi. Keyinchalik qo‘yib yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ekologiya boshqarmasi Akmal Rasulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing