Poytaxt Ekologiya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
09 fevral 2024 5399 1 daqiqa
Akmal Rasulov Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Tayinlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi.
Akmal Rasulov bunga qadar Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.
Rasulov mazkur lavozimga 2021 yilning noyabrida tayinlangan Farhod Dehqonovning o‘rnini egalladi. Dehqonov 2022 yilning 9 sentyabr kuni poytaxtda daraxtlar nobud bo‘lishiga sharoit yaratib berganlik va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, davlat yoki jamiyatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishda ayblanib, hibsga olingandi. Keyinchalik qo‘yib yuborilgandi.