Buxoroda ekologiya boshqarmasi xodimlari kaltaklandi
Jamiyat
−
01 fevral 2021
10250Buxoro viloyatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari huquqbuzarlar tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.
Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mazkur xabarlar yuzasidan o‘rganish olib borib, natijalari haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari A.Hasanov, M.Nurallayev, D.Barnoyev, Sh.Salomov, Z.Bozorov va boshqarma haydovchisi M.Sayidov 2021 yil 28 yanvar kuni Jondor tumanida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtda ularga Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va boshqa bir guruh noma’lum shaxslar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda tan jarohatini olgan davlat inspektorlarining ahvoli yaxshi va holat yuzasidan Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari hamda zarar yetkazilgan avtomashinalar ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha hamda davlat inspektorlari bilan birgalikda voqea joyini ko‘zdan kechirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, holat yuzasidan Buxoro viloyat prokuraturasi va IIBga zudlik bilan murojaat qilingan.
LiveBarchasi