3 ta viloyatda Ekologiya boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning tegishli buyrug‘i bilan uchta viloyatda hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari o‘zgardi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Lazizbek Sharif o‘g‘li Hasanov Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Anvarjon Adhamovich Ashurov Namangan viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Abdug‘ani Abduqahhorovich Mirzarahimov Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Lazizbek Hasanov 1993 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2017 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2023 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Ekologiya qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiya boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Anvarjon Ashurov 1988 yilda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida viloyat Ekologiya boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Abdug‘ani Mirzarahimov 1968 yilda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Faoliyati davomida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiya xodimi sifatida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing