Poroshenkoning sudi qoldirildi
Olam
−
18 yanvar 2022 3493 1 daqiqa
Kiyevning Pecherskiy tuman sudi Ukraina sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenkoga nisbatan ehtiyot chorasi e’lon qilinishi rejalashtirilayotgan yig‘ilishni ertaga, 19 yanvar kuni davom ettiradi. Tegishli qaror kecha, 17 yanvar kuni kechqurun qabul qilindi. Bu haqda “Pryamoy” telekanali xabar bergan.
Unga ko‘ra, uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19 yanvar soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) ga ko‘chirilgan.
Poroshenkoning advokatlari sobiq Prezidentga qo‘yilgan barcha ayblarni noqonuniy deb atagan va suddan Poroshenkoga nisbatan ehtiyot chorasini tanlamaslikni so‘ragan. Shu vaqt davomida mamlakatning beshinchi Prezidenti tarafdorlari sud devorlari oldida uni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazgan. Uchrashuv keyinga qoldirilgani ma’lum bo‘lgach, Poroshenko yig‘ilganlarga murojaat qilib, 17 yanvarni amaldagi Prezident Vladimir Zelenskiyning “ahmoqona populistik davri tugashi” sanasi deb atagan.
Ukrainaning sobiq rahbari 2014-2015 yillarda Donbassga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi hisoblanadi. Ish Ukraina Jinoyat kodeksining “Terrorizmni moliyalashtirish”, “Davlatga xiyonat” va “Terrorchi tashkilot tuzish” moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Poroshenkoni mol-mulki musodara qilingan yoki musodara qilinmagan holda 15 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni Poroshenko Varshavadan Kiyevga yetib keldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025