Pora evaziga qamoqxonaga telefon olib kirib bergan xodim ushlandi (video)
3-sahifa
−
16 dekabr 4942 1 daqiqa
25 mln so‘m pul evaziga Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga telefon olib kirib bergan xodim ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xodim kelishilgan 25 mln so‘m mablag‘ plastik kartasiga tushgani haqida akasidan ma’lumot olgan. Shundan so‘ng, u fuqarodan uyali telefonni olgan va yashirin yo‘l bilan hibsxonada saqlanayotgan shaxsga olib kirgan. Ammo Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur ish fosh etilgan.
Ushbu holat yuzasidan Jazoni ijro etish departamenti markaziy tergov hibsxonasi xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo va Namangan viloyatlarida tezkor xodim, bo‘lim boshlig‘i va yuriskonsult pora bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi