Porega qarshi jangda Maxachevga kim sekundantlik qilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachevga amerikalik Dastin Porega qarshi jangda yengil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov sekundantlik qiladi. Bu haqda UFC ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

“Burgut Jersiga qo‘ndi, u mening burchagimda bo‘ladi. Ochig‘i, men juda xursandman, chunki u ikkinchi, murabbiy, aka, do‘st sifatida eng yaxshilardan biri”, deydi Maxachev UFC'ga bergan intervyularidan birida.

Ma’lumot uchun, Islom Maxachev 2 iyun kuni Nyuarkda bo‘lib o‘tadigan UFC 302 turnirida uchinchi marta chempionlik kamarini himoya qiladi. Islom Maxachev Abu-Dabidagi UFC 294 turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bilan to‘qnashib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

O‘z navbatida Dastin Pore o‘zining so‘nggi jangida UFC 299 musobaqasida fransiyalik Benua Sent-Denidan ustun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dastin Por'e Islom Maxachev Xabib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing