Pore Makgregor bilan uchinchi jang uchun shartnoma imzoladi 

Sport

image

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore irlandiyalik Konor Makgregor bilan uchinchi jangi uchun shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda "MMA Fighting" xabar bergan.  

Makgregor ushbu bitimni imzolagani noma’lum, ammo manbalarning ta’kidlashicha, ikki vazn toifasida sobiq chempion jangda qatnashishini og‘zaki ravishda tasdiqlagan. 

Uchrashuv joriy yil 10 iyul kuni UFC 264 turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Katta ehtimolga ko‘ra, musobaqa Las-Vegasdan tashqarida o‘tkaziladi, chunki koronavirus pandemiyasi sababli iyul oyida Nevada shahrida ommaviy tadbirlarga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasining asosiy bahsida Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu esa Konorning faoliyatidagi birinchi marta nokaut bilan mag‘lub bo‘lishi edi.  

Bu ikki jangchi birinchi marta 2014 yilning sentyabr oyida to‘qnash kelgan. O‘sha jangda aksincha, irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Por'e

Baholaganlar

548

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing