Pop-yulduz Dua Lipa yana “ko‘chirmakashlik”da ayblanmoqda
Madaniyat-san’at
−
09 avgust 2023
5687Manxettendagi federal sudya britaniyalik pop-yulduz Dua Lipani 2021 yil chiqargan qo‘shig‘ini saksoninchi yillarda mashhur bo‘lgan “Viggle and Giggle All Night” qo‘shig‘idan ko‘chirib olganlikda ayblamoqda. U shuningdek, qo‘shiqchini sudga tortish kerakligini ham bildirgan. Bu haqda “Reuters” agentligi ma’lum qildi.
Keltirilishicha xonanda o‘zining “Levitating” qo‘shig‘ining “kompozitsiya elementlari”ni “Viggle”dan nusxalab olgan va musiqaning kirish qismidagi ohangni takrorlagan. Himoyachilar esa Lipa “Levitating”ni yozishdan avval “Viggle”ni eshitmaganini aytmoqda.
“Sud da’vogarlar ta’kidlayotgan katta o‘xshashliklarni rad eta olmaydi”, deb yozadi Failla.
Keltirilishicha, “Viggle and Giggle All Night” qo‘shig‘i mualliflari Rassel Braun va Sandi Linter qo‘shiqlar o‘rtasidagi katta o‘xshashlikni isbotlashga harakat qilmoqda.
“Ular zamonaviy qo‘shiqchilarni juda hurmat qiladi, ammo agar ularning materiallaridan foydalanilsa, kompensatsiya berilishi kerak. Biz bu ishni sudga topshirishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, dedi da’vogarlarning advokati Jeyson Braun o‘z bayonotida.
Bu “Levitating” bo‘yicha kelib tushgan birinchi ko‘chirmachilik bilan bog‘liq ayblov emas. Bundan avval ham Florida reggi guruhi “Artikal Sound System” ham ushbu qo‘shiq ularning 2017 yilgi ijrosidan ko‘chirilganini aytgan. Shuningdek, Los-Anjeles sudi 31 iyul kuni Lipaning musiqachi Bosko Kantedan uning “Talk box” yozuvini “Levitating” remiksiga kiritish uchun ruxsat olmagani haqidagi da’volarni rad etgan.
Ma’lumot uchun, Lipaning ushbu qo‘shig‘i Billboard nashrining Amerikada eng ommalashgan qo‘shiqlar 100 taligi ro‘yxatidan 77 hafta davomida tushmagan. 2021 yil yakunida esa “Yil qo‘shig‘i” deb e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyalik mashhur qo‘shiqchi Shakira ikkinchi marta soliq firibgarligi bo‘yicha ayblanmoqda. Xonandaning o‘zi esa bular yolg‘on ayblov ekanligini aytgan.
LiveBarchasi