Xonanda Dua Lipa sudga berildi
Madaniyat-san’at
−
03 avgust 2023
13309Prodyuser Bosko Kante britaniyalik qo‘shiqchi Dua Lipani mualliflik huquqini buzgani uchun sudga berdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Prodyuserga ko‘ra, Dua Lipa “Levitating” ashulasi remiksini tayyorlashda uning asl qo‘shig‘idan ruxsatsiz namuna olgan. Dastlabki trek Mobile talk box tomonidan ishlangan qurilma yordamida yozib olingan bo‘lib, u musiqa asboblari tovushlarini ovoz bilan o‘zgartirishga imkon beradi.
Prodyuserning ta’kidlashicha, Dua Lipaga ushbu qurilmadan faqat asl yozuvda foydalanishga ruxsat berilgan, ammo ular o‘rtasida yozma shartnoma tuzilmagan.
Da’voga ko‘ra, Kante ijrochidan 20 million AQSH dollari undirish huquqiga ega.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Dua Lipaga qarshi uchinchi da’vo. Iyun oyida sud Artical Sound System jamoasining shikoyatini rad etgan, artist hozirda qo‘shiq mualliflari L. Rassel Braun va Sendi Linser bilan sud o‘tkazmoqda. Ularning fikricha, Lipa 1979 yilda “Viggle and Giggle All Night” va 1980 yilda “Don Diablo” nomli ikkita qo‘shig‘ini o‘g‘irlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Dua Lipa 1995 yilda Angliya poytaxtida tug‘ilgan. U yerga Duaning alban ota-onasi Kosovo Respublikasidan ko‘chib kelgan. Ular qizning ismini e’tibor bilan tanlagan. Dua “Men sevaman” yoki “Men xohlayman” deb tarjima qilinadi. Bo‘lajak estrada yulduzi 12 yoshga to‘lganda, oila o‘z vatanlariga qaytgan. Uch yil o‘tgach, qiz Londonga qaytishga qaror qilgan, Dua u yerda ijodiy rivojlanish uchun katta imkoniyatlarga ega edi. 2016 yil dekabr oyida “The Fader” jurnali ko‘magida qo‘shiqchi haqida hujjatli film suratga olingan. 2017 yil yanvar oyida qo‘shiqchi “EBBA Public Choice” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
LiveBarchasi