“Sen bo‘lmasang boshqasi". Dua Lipa millionlab muxlislariga telefon raqamini ulashdi

Madaniyat-san’at

image

“Levitating”, ”Be the one”, “IDGAF”, va “Blow your mind” nomli qo‘shiqlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Dua Lipa turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan so‘ng, o‘zining X'dagi sahifasi orqali millionlab muxlislariga telefon raqamini ulashdi. Bu haqda BNN xabar berdi.

Yaqinda 8 oylik sevgilisi Romain Garvas bilan munosabatlarini uzgan dunyoga mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa so‘nggi posti orqali odamlarni hayratga soldi. U o‘zining yangi postida obunachilariga "Menga xabar yuboring”, deya o‘z raqamini e’lon qilgan.

Dua Lipa ijtimoiy tarmoqqa joylagan raqam AQSH telekompaniyalaridan biriga tegishli bo‘lib, xorijdagi muxlislarini xabar almashish uchun WhatsApp'ga muqobil ilovalarni izlashga undadi. 

Aniqlanishicha, qo‘shiqchining ashaddiy muxlislari  Dua Lipa bilan bog‘lanish uchun deyarli barcha ilovalarga murojaat qilishgan.

Aytish kerakki, xonanda o‘zining muxlislari bilan aloqa o‘rnatishga alohida e’tibor berishi bilan tanilgan va bu uning karerasidagi muvaffaqiyati omillaridan biridir.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Dua Lipa Levitating Be the one IDGAF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made