Poliklinikada erkak o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Bugun, 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi poliklinikalardan birida noma’lum erkak o‘zini daraxtga osib qo‘ygani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan QALAMPIR.UZ voqea joyiga yetib bordi.

Hodisa Olmazor tumani “Islom ota” MFY, Qoraqamish 1/2 dahasida joylashgan 20-sonli oilaviy poliklinikaning orqa tomonida joylashgan bog‘da sodir bo‘lgan. Fuqaro daraxtga arqon bilan bo‘ynidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Azizbek Nizomovga ko‘ra, marhum poliklinika xodimi yoki u yerga kelgan bemor bo‘lmagan. Aksincha, ushbu hududda yashovchi turg‘unlardan biri bo‘lgan.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, ashyoviy dalillar olingan hamda sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Poliklinika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing