Polsha 2 mingga yaqin razvedkachi dronlarni sotib oladi

Olam

image

Polsha Milliy mudofaa vazirligi 1,7 mingta razvedkachi dronlarni sotib oladi. Bu haqda kecha, 5 sentyabr kuni vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“5 sentyabr kuni Kels shahrida bo‘lib o‘tgan 31-Xalqaro mudofaa sanoati ko‘rgazmasida Milliy mudofaa vaziri Mariush Blashak Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda ishtirokida FlyEye kichik uchuvchisiz havo tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, bitim vazirlik va ishlab chiqaruvchi WB Electronics S.A. o‘rtasida tuzilgan. Unga ko‘ra, 2035 yil oxirigacha amal qiladigan kelishuv keyingi ijro shartnomalari bo‘yicha eng so‘nggi versiyadagi 1,7 mingga yaqin uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olishni nazarda tutadi.

Shartnomalar logistika va dron operatorlari uchun o‘quv paketlarini o‘z ichiga olgan.

Ma’lumot uchun, Polsha Belarus hududiga Rossiyaning yadroviy quroli joylashtirilishi, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining Belarusga ko‘chishi, shuningdek, ikki Belarus harbiy vertolyoti tomonidan Polsha havo chegarasi buzilishi ortidan chegarada o‘zining harbiy ishtirokini kuchaytirishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Mariush Blashak Polsha qurolli kuchlari Belarus chegarasiga 10 ming harbiy xizmatchini joylashtirish niyatida ekanini bildirgandi. Shuningdek, Polsha Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan birinchi K239 Chunmoo raketa tizimini qabul qildi. AQSH Mudofaa vazirligi ham Polshaga 12 milliard dollarga Apache tipidagi hujum vertolyotlarini sotishni ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing