Pokistonning sobiq bosh vaziri qamaldi

Olam

image

Pokistonning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi raisi Imron Xon uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar berdi.

Islomobod sudi Xonni Toshaxon davlat g‘aznasida saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bog‘liq firibgarlik ishida “korrupsion harakatlar” qilganlikda aybdor deb topgan.

Aytish joizki, joriy yilning 10 may kuni sobiq bosh vazirga nisbatan Pokiston Saylov komissiyasi jinoiy ish qo‘zg‘atganidan so‘ng ayblov e’lon qilingan.

Bugun, 5 avgust kuni sudya Humoyun Dilavar birinchi instansiya sudida bu ish bo‘yicha sobiq bosh vazirga qo‘yilgan ayblar o‘z isbotini topdi, degan qarorga kelgan.

Xon korrupsiyada aybdor deb topilgan. Shuningdek, sud uni 100 ming rupiy (1200 dollar) miqdorida jarima to‘lashga majbur qilgan.

Sobiq bosh vazirning advokati politsiya Xonni uning Lahor shahridagi qarorgohida hibsga olganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil aprel oyida parlamentdagi ishonchsizlik votumi natijasida hokimiyatdan chetlatilgan Xonga bosh vazirlik davrida olgan davlat sovg‘alarini noqonuniy sotish va mol-mulkini yashirish ayblovlari ham qo‘yilgan. Imron Xon o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar amaldagi Bosh vazirning uni obro‘sizlantirishga qaratilgan rejasining bir qismi ekanini aytgan. Shahboz Sharif esa Xonni hibsga olish sud qarori ekani, bunda hech qanday siyosiy ta’sir yo‘qligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing