Pokistondagi terroristik hujum qurbonlari ko‘paydi

Olam

image

Avvalroq, Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati shimoli-g‘arbidagi politsiya bo‘limida “Tolibon” harakatining Pokistondagi bo‘limi portlash uyushtirgani va oqibatda kamida to‘rt nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgani, bir necha kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Ayni paytda portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetdi. Bundan tashqari, 27 nafar jangari zararsizlantirildi, deb yozdi “Daily Sabah” nashri.
 
Pokiston armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, xudkush-terrorchi va bomba o‘rnatilgan avtomobil bilan bog‘liq hodisa ertalab viloyatning Dera Ismoil Xon tumanidagi xavfsizlik postlaridan birida sodir bo‘lgan. Terakt oqibatida 23 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, 6 nafar jangari zararsizlantirilgan.

Qayd etilishicha, binoning qulashi oqibatida qurbonlar soni ortgan, yaralanganlar ham bor.

Bundan tashqari, Pokiston xavfsizlik kuchlari Dera Ismoil Xon tumanidagi Darazinda va Kulachi mavzelarida ham amaliyot o‘tkazgan. Darazinddagi to‘qnashuvlarda 17 nafar jangari, Kulachida 4 nafar jangari yo‘qotilgan. Shuningdek, ikki pokistonlik harbiy halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Pokistonda, asosan, Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida teraktlar ko‘p sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Xayber-Paxtunxva viloyatining Svat tumanida terakt sodir bo‘lgan va oqibatda sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘lib, yana 57 kishi jarohatlangandi. Iyul oyida yana shu viloyatda portlash sodir bo‘lishi oqibatda 40 dan ortiq odam halok bo‘lgandi. Buning uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga olgandi. Sentyabrda ham viloyatda harbiy karvonga uyushtirilgan terakt oqibatida mamlakat armiyasining to‘qqiz nafar askari halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi. 29 sentyabr kuni viloyatning Hangu shahridagi masjidda portlash bo‘ldi. 4 noyabr kuni esa olti nafar jangari Pokiston shimoli-sharqidagi Panjob viloyatida joylashgan Mianvali shahri yaqinidagi harbiy-havo kuchlari o‘quv bazasiga hujum qilib, uchta samolyotga zarar yetkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston terroristik hujum qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing