Pokistondagi litseyga qilingan hujumda 7 o‘qituvchi otib tashlandi
Olam
−
04 may 2023 7446 1 daqiqa
Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatidagi litseyga qurolli hujum uyushtirildi, oqibatda yetti nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Dunya News” xabar berdi.
Aytilishicha, noma’lum shaxslar Parachinar shahridagi litseyda imtihon vaqtida o‘qituvchilarni otib tashlagan. Politsiya holat bo‘yicha ma’lumot yig‘ayotgani va tergov boshlaganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Pokistonda maktablar kamdan-kam hujumlar nishoniga olinadi. Pokistondagi ta’lim muassasasiga oxirgi yirik terakt 2014 yil dekabrida sodir bo‘lgan. O‘shanda Peshovardagi qurolli hujum va portlashlar natijasida 148 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati talabalar va o‘qituvchilar edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust