Pokistonda terrorchilar birjaga hujum qildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Pokistonning Karachi shahrida terrorchilar Pokiston fond birjasiga hujum uyushtirdi. Hujum qilganlar o‘ldirildi. Hozirda bino va uning atrofida tozalash ishlari olib borilyapti. Bu haqda “Dawn” va “Jang” gazetalari xabar berdi.

Bugun, 29 iyun kuni ertalab qurollangan shaxslar birja kirishi oldiga granatalar tashlab, o‘ta ocha boshlagan. Politsiya ular bilan otishmaga kirishgan. So‘ng o‘ldirilgan gumondorlardan o‘qotar qurollar va granatalar olingan. Birjadagi odamlar orqa eshikdan olib chiqildi.

Politsiyachi jarroh Karar Ahmed Abbosi “Dawn” gazetasiga yetti kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Ularni shifoxonaga olib ketishgan.

Shuningdek, halok bo‘lgan 5 kishi ham shifoxonaga olib borilgan. Hujum qilganlar 4 kishi bo‘lgani taxmin qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

terrorchilik Pokiston

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing