Pokistonda suv toshqinlari oqibatida qariyb 25 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
11 iyun 2023
4558Pokistonda kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, yana 145 kishi jarohatlandi. Bu haqda Dawn gazetasi xabar berdi.
Gazetaga ko‘ra, mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining bir necha tumanlarida kuchli yomg‘ir yog‘gan.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan va tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasiga jabrlangan hududlardagi odamlarga yordam berish choralarini ko‘rishni topshirgan.
2022 yilda musson yomg‘irining toshqinlari Pokiston tarixidagi eng halokatli toshqinlardan biri bo‘ldi. Ular mamlakatning 160 ta hududining 90 dan ortig‘ida 33 milliondan ortiq kishiga (mamlakat aholisining 14 foizi) ta’sir ko‘rsatdi. O‘lganlar soni 1719 kishini tashkil etdi, iqtisodiy zarar 30 milliard dollarga baholanmoqda.
LiveBarchasi