Pokistonda rossiyalik sayyoh o‘g‘irlab ketildi

Olam

image

Pokistonning Shimoliy Vaziriston hududida “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” guruhi jangarilari rossiyalik sayyohni garovga olib, uni ozod qilish uchun tovon talab qilmoqda. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, olib qochilgan shaxs Sankt-Peterburgda yashovchi Vasiliy bo‘lib, u velosipedda sayohat qilishga qiziqadi va videolarini YouTube orqali baham ko‘radi. O‘g‘rilar garovdagi sayyohning shaxsini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, Rossiya elchixonasi bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qilgan.

“Mash”ning xabar berishicha, garovga olingan shaxs bloger Vasya Shupalse (haqiqiy ismi Igor Babko) bo‘lishi mumkin. U olib qochilishidan oldin velosipedda Hindiston, Mo‘g‘uliston va Afg‘onistonni bosib o‘tgan va marshrutini Pokistonda yakunlashni rejalashtirayotgan bo‘lgan.

Rossiya rasmiy idoralari bu holatga hali izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” Pokistonda taqiqlangan terroristik tashkilot hisoblanadi. 2007 yil dekabrida Baytulloh Mahsud tomonidan tashkil etilgan bu tuzilma asosan Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda faoliyat yuritadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pokistonda terror hujumlari soni ortib borayotgani, ular uchun javobgarlikni bo‘yniga olayotganlar orasida “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” ham borligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston “Tehrik-i-Tolibon Pokiston”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing