Pokistondagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
31 dekabr 2021 6351 1 daqiqa
Pokistonning Balujiston provinsiyasining Kvetta shahrida portlash sodir bo‘lishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy “Express Tribune” gazetasi xabar bergan.
“Portlash oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Voqea Kvettadagi “Salim” tibbiyot majmuasi yaqinida sodir bo‘ldi. Kvetta fuqarolik shifoxonasi bosh shifokori doktor Javed Axtar o‘z bayonotida 13 nafar kishi jarohat olganini aytdi. Ular shifoxonaga yotqizildi”, deyilgan xabarda.
Gazetaning yozishicha, Balujiston Bosh vaziri Mir Abdul Quddus Bizenjo portlashni qoralagan va shahardagi xavfsizlik choralaridan noroziligini bildirgan. Shuningdek, u halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar uchun afsusda ekanini aytib, provinsiya politsiyasi boshlig‘idan voqea yuzasidan hisobot so‘ragan.
Qayd etilishicha, portlash sabablari hozircha aniqlanmagan. Xavfsizlik kuchlari portlash sodir bo‘lgan hududni o‘rab olgan.
Live
Barchasi